AQSH hozircha Yaponiya bilan kelishgani yo‘q
Olam
−
23 avgust 2019
3214AQSH va Yaponiya vakillari muzokaralardan keyin savdo kelishuviga erisha olmadi, deya xabar bermoqda “Regnum”.
Ma’lum bo‘lishicha, AQSH savdo vakili Laytxayzer bilan to‘rt soat davom etgan muzokaralardan so‘ng, Yaponiya iqtisodiy tiklanish vaziri Tosimitsu Motegi
tomonlar savdo kelishuviga yaqin ekanini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar kutilganidan ancha uzoq vaqt davom etgan. Shunga qaramay, muzokaralarning birinchi kunida hech qanday kelishuvga erishilmadi. savdo shartnomasi bo‘yicha maslahatlashuvlar ertasi kuni davom etadi.
Ta’kidlanishicha, AQSH yetakchisi Donald Tramp Yaponiya bilan savdo masalalarini 2020 yilgi saylov oldidan hal qilishni kutgan.
Tokio va Vashington o‘rtasidagi hal etilmagan muammolar qatorida Yaponiyada Amerika tovarlari uchun qishloq xo‘jalik bozorlarini ochish va yapon avtomobillariga tariflar masalasi mavjud.
LiveBarchasi