AQSH harbiylari joylashgan Suriyadagi gaz zavodida portlash sodir bo‘ldi
Olam
−
11 iyul 2021
4766Suriyaning sharqidagi Dayr-az-Zor viloyatidagi AQSH harbiylari joylashgan “Conoco” gazni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Suriyaning SANA davlat axborot agentligi o‘z manbalariga asoslanib.
Isroilning “The Jerusalem Post” gazetasi “Deir Ezzor 24” mahalliy yangiliklar manbasiga asoslanib xabar berishicha, portlash minomyot snaryadidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
AQSH Mudofaa vazirligi va ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, o‘z navbatida portlash AQSH armiyasiga qilingan “bilvosita hujum” oqibati ekanini aytdi. Qurbonlar, yaradorlar va vayronagarchiliklar yo‘q.
Iyun oyi oxirida “Dayr-az-Zor” viloyatidagi “Omar ”neft koni yaqinida AQSH harbiy kuchlari joylashtirilgan hudud raketa zarbalari ostida qolgandi.
LiveBarchasi