AQSH harbiylari Suriya havo hududidagi dronni urib tushirdi  

Olam

image

AQSH Qurolli kuchlari Suriyada Amerika harbiy bazasi hududida razvedka olib borayotgani taxmin qilinayotgan Eronda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi. Bu haqda kecha, 14 fevral kuni Twitter’da e’lon qilingan AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) matbuot xizmati xabarida aytiladi.

“14 fevral kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 14:30 da Suriyadagi AQSH kuchlari Suriya shimoli-sharqidagi patrul bazasi bo‘lgan Konoko Missiyani qo‘llab-quvvatlash hududida razvedka o‘tkazmoqchi bo‘lgan Eronda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchoqni urib tushirdi”, deyiladi CENTCOM bayonotida.  

Shuningdek, CENTCOM dronning o‘zi va uning portlash payti tasvirlangan ikkita suratni ham e’lon qilgan. Biroq bayonotda hodisaga oid boshqa tafsilotlar keltirilmagan. Eron tomoni ham hozircha vaziyatga munosabat bildirmagan.  

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH harbiylari Xitoyga tegishli havo sharini urib tushirgan edi. Keyinchalik Alyaska ustida ham noma’lum jism kuzatilgan va u ham amerikaliklar tomonidan urib tushirgandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing