AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Olam
−
15 noyabr
5082AQSH harbiylari orasida 2023 yili o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paydi. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligiga tayanib, ABC News xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yili harbiylar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari o‘tgan yilgiga nisbatan 30 taga ko‘paygan. Shu tariqa har 100 ming harbiy xizmatchiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkich 9 foizga oshgan. Pentagon rahbari Lloyd Ostin mazkur masala yuzasidan bayonot bergan. U suitsidning oldini olish va undan keyingi asoratlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar ikki baravar oshishi zarurligini bildirgan. Rasmiylar bu kabi holatlar 2011 yildan beri o‘sib borayotganini ta’kidlagan.
“2011 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda o‘z joniga qasd qilish darajasining bosqichma-bosqich, statistik jihatdan sezilarli darajada o‘sayotganiga guvoh bo‘lyapmiz”, deydi Pentagonning suitsidning oldini olish boshqarmasi direktori doktor Liz Klark.
Pentagon o‘z joniga qasd qilish holatlarini kamaytirish uchun qator sa’y-harakatlarga qo‘l urdi. Qurolli kuchlar saflarida sog‘lom muhitni yaratish va suitsidning oldini olish bo‘yicha kurslar shular jumlasidan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi