AQSH harbiylari dunyo bo‘ylab tinch aholini o‘ldirganini tan oldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH harbiylari o‘tgan 2020 yilda bir qator xorijiy davlatlarning tinch aholi vakillarini harbiy operatsiyalar vaqtida bexosdan o‘ldirib qo‘yganini tan oldi. Bu haqda “Aljazeera” nashri yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘shma Shtatlar dunyodagi urush zonalarida 23 kishining o‘limi uchun javobgar ekanligini tan olgan. Qayd etilishicha, 2020 yilgi qurbonlar soni undan avvalgi yillarga qaraganda ortgan. Harbiy harakatlar oqibatida halok bo‘lganlardan tashqari yana 10 kishi og‘ir jarohat olgan.

Pentagon taqdim qilgan hisobotga ko‘ra, mojarolar paytida tinch aholining o‘limi eng ko‘p Afg‘onistonda qayd etilgan. Shuningdek, Iroq, Somali, Yaman va Nigeriyada ham operatsiyalar paytida tinch aholi vakillari qurbon bo‘lgan.

AQSH rasmiylaridan tashqari nodavlat tashkilotlar ham amerikalik harbiylar tomonidan tinch aholining o‘ldirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda ma’lum qilib turadi. 

Ular tomonidan e’lon qilingan raqamlar ko‘pincha Amerika hukumati tomonidan taqdim etilgan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lib chiqadi. 

Shunday qilib, “Airwars” tashkilotiga ko‘ra, 2020 yilgi harbiy harakatlar paytida Amerika armiyasi yuzdan ortiq odamni o‘ldirgan va bu Pentagonning rasmiy ma’lumotlaridan besh baravar yuqori. 

Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot vakillari Vashington hisobotidagi raqamlarni “haqiqatga mos emas”, deb baholagan.

2020 yil noyabr oyida Avstraliya harbiylari ham Afg‘onistonda tinch aholining o‘limiga sabab bo‘lganini tan olgan edi. O‘shanda ular 39 afg‘onning o‘limi uchun javobgar ekani 400 dan ortiq guvohning ko‘rsatmasi asosida aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing