AQSH harbiylari Afg‘onistondagi yirik aviabazani ogohlantirishsiz tark etgan

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Amerika va NATO kuchlari Afg‘onistonning Parvan viloyati Bagram shahridagi aviabazani tark etgani haqida xabar bergan edi. AQSH harbiylari aviabazani hech qanday ogohlantirishsiz tark etgani ma’lum bo‘ldi.

“Biz amerikaliklar Bagramdan chiqib ketdi, degan mish-mishlarni eshitdik va nihoyat, ertalab soat 7: 00 ga kelib, fakt tasdiqlanganini va ular Bagramdan chiqib ketganini angladi”, deydi muassasaning yangi qo‘mondoni general Mir Asadulloh Kohistani.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston armiyasi Kobuldan bir soatlik masofada joylashgan aerodromni o‘z qo‘liga olmaguncha, unga talonchilar bostirib kirgan, afg‘on harbiylariga ko‘ra, ular baraklarni talon-toroj qilgan va ombor chodirlarini vayron qilgan.

Harbiylardan birining so‘zlariga ko‘ra, qaroqchilarning hujumi amerikalik harbiylar bazadan jimgina chiqib ketganidan keyin 20 daqiqa ichida elektr quvvati uzilib, havo bazasi zulmatga botganidan so‘ng boshlangan. Uning ta’kidlashicha, AQSH harbiylari ketganidan uch kun o‘tib ham afg‘on askarlari talonchilar qoldirgan chiqindilarini yig‘ishda davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

415

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing