AQSH harbiy-dengiz kuchlariga ilk bor ayol kishi rahbar bo‘lishi mumkin
Olam
−
22 iyul 2023
4572AQSH Prezidenti Jo Bayden tarixda ilk bor ayol kishini harbiy-dengiz kuchlari shtab boshlig‘i lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Bu haqda Oq uy ma’muriyatining bayonotida ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, admiral Liza Frankettining nomzodi AQSH Senati tomonidan tasdiqlanishi kerak. Agar senatorlar uni bu lavozimga munosib deb topsa, u tarixda qoladi.
Ma’lumot uchun, Liza Franketti AQSH tarixidagi ikkinchi admiral ayol hisoblanadi. U 1985 yildan beri dengiz flotida xizmat qilib kelmoqda. U AQSHning O‘rta Yer dengizidagi oltinchi floti, Koreyadagi AQSH harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi va Birlashgan strategiya va rejalashtirish bo‘limida xizmat qilgan. Hozirda Liza dengiz floti operativ bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajarib kelmoqda.
Shuningdek, Bayden Frankettidan tashqari dengiz operatsiyalari qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimiga vitse-admiral Jeyms Kilbini, Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi lavozimiga admiral Samue Paparoni nomzod qilib ko‘rsatgan. Har ikkala harbiy xizmatchi ham AQSH dengiz flotida katta tajribaga ega.
AQSH Harbiy-dengiz kuchlari shtabining hozirgi rahbari admiral Maykl Gilday hisoblanadi. U ushbu lavozimga 2019 yil 22 avgustida tayinlangan edi. Ish stajiga ko‘ra, u iste’foga chiqish arafasida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi boshida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 44 yoshli Hafiza Gaye Erkanni ilk bor mamlakat markaziy banki rahbari etib tayinlagandi.
LiveBarchasi