AQSH HAMAS va Isroilga yangi taklif berdi

Olam

image

Falastinning HAMAS guruhi AQSHning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi taklifni qabul qildi. Bu haqda harakatning Telegram-kanalida e’lon qilindi.

Guruhning ma’lum qilishicha, hozirda ushbu taklifni o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

“HAMAS rahbariyati vositachilar orqali Stiv Uitkoffdan yangi taklif oldi va uni xalqimiz manfaatlariga, foydaliligiga hamda G‘azoda doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlashiga muvofiqligini mas’uliyat bilan o‘rganmoqda”, deyiladi bayonotda.

HAMAS harakati Stiv Uitkoff bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi kelishuvga kecha, 28 may kuni erishilganini ma’lum qilgan. Xuddi o‘sha kuni Uitkoff Oq uyda jurnalistlarga AQSH tez orada Isroil va HAMASga o‘t ochishni to‘xtatish shartlari ro‘yxatini taqdim etishini bildirgan.

Ynet portalining xabar berishicha, bugun, 29 may kuni tongda Isroil ham ushbu yangi rejani olgan va hozirda uni ko‘rib chiqmoqda.

  • Yangi taklif quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • G‘azo sektorida 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish;
  • 10 nafar tirik garovga olingan asirni ozod qilish;
  • 18 nafar halok bo‘lganlar jasadini qaytarish;
  • Buning evaziga Isroil taxminan 1 500 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, may oyining o‘rtalarida Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) G‘azo sektorida yangi quruqlikdagi operatsiya “Gidyon aravasi” boshlanganini e’lon qildi. “The Times of Israel” nashrining yozishicha, hozirda G‘azo sektorida SAXALning barcha oddiy piyoda va zirhli brigadalari joylashtirilgan. Netanyaxu Isroil G‘azo sektorining butun hududida harbiy nazorat o‘rnatish niyatida ekanini aytdi. G‘azodagi og‘ir gumanitar vaziyat Yevropa Ittifoqini yahudiy davlati bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga undagan, Britaniya, Kanada va Fransiya esa sanksiyalar bilan tahdid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir nechta OAVlar HAMAS harakati AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘lgani haqida yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS Stiv Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing