AI-80 benzini yetarli va narxi oshmagan – “O‘zbekneftgaz” 

Jamiyat

image

Respublikada AI-80 benzini yetishmovchiligi yo‘q va narxi oshirilmagan. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridagi navbatlar kuzatilayotgani, shuningdek, AI-80 benziniga talab oshgani sabab, uning yetishmovchiligi yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. 

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati o‘z tasarrufidagi “UNG Petro” AYOQSHlarida ayni vaqtda benzin narxlari oshirilmagani hamda taqchillik kuzatilmayotganini rasman ma’lum qiladi”, vazirlik bayonotida.

Benzin taqchilligini oldini olish va uning narxlarini barqarorlashtirish borasida birja savdolari orqali kichik lotlarda avtobenzin sotish va neft bazalar, Buxoro zavodiga qarashli yangi qurib ishga tushirilgan quyish-to‘kish estakadasi orqali AYOQSHlarga yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

“UNG Petro” AYOQSHlarida bugungi kunda AI-80 benzinining chakana narxi 1 litri uchun 6 800 so‘mni tashkil qiladi va avtobenzin sifati to‘liq kafolatlanganini rasman ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, benzin taqchilligini oldini olish maqsadida, 35,7 ming tonna benzin hamda yetarli miqdorda xomashyo zaxirasi yaratilgan. Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 142,2 ming tonna xom ashyo qayta ishlanib, 83,7 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

245

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing