Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘iga o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
20 mart 2019
10209O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari tayinlandi.
Qarorga muvofiq Muzaffar Raximdjanovich Rasulov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib, Ulugbek Narmamatovich Djavliyev, Zafar Zoirovich Saidov va Ikromjon Fayzulloyevich Xamrayev inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15 mart kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etilgan edi.
Quyidagilar inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
• qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holati ustidan nazoratni amalga oshirish;
• eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari, paxta xom ashyosi, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkazish;
• huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish.
LiveBarchasi