Agrobank paxta xomashyosini yetishtiruvchilarga tomchilatib sug‘orish uchun kreditlar taqdim etmoqda

Biznes

−

image

Agrobank aksiyadorlik tijorat banki paxta xomashyosini yetishtiruvchilarga tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish uchun kreditlar taqdim etmoqda.

Kredit maqsadi: paxta xomashyosini yetishtiruvchi qishloq xo‘jalik korxonalarida tomchilatib sug‘orish ishlarini tashkil etish.

Kredit miqdori: Mijoz tomonidan taqdim etilgan biznes reja va tovar moddiy boyliklarning oldi-sotdi shartnomasi summasi miqdorida (1 gektar yer maydoni uchun 15-20 mln. so‘m atrofida).

Kredit muddati: 3 yilgacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan (mijoz tomonidan taqdim qilingan biznes rejaga asosan kreditni to‘liq qoplash davridan kelib chiqib 3 yildan ortiq muddatga ham berish mumkin).

Subsidiyalar: ekiladigan maydonning har 1 gektariga 8 million so‘m.

Kompensatsiya: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat Jamg‘armasi tomonidan mijozlarga ajratilgan kreditlarga hisoblangan foizlar bo‘yicha  1 gektariga 20 million so‘mdan oshmaydigan qismining 10 foizli miqdori to‘lab beriladi.

Imtiyozlar: paxta xomashyosining mahalliy ishlab chiqaruvchilari,  tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlarini import qiluvchilar  2021 yilning 1 yanvariga qadar  bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

Sayt: www.agrobank.uz
Telegram kanal
Facebook manzilimiz
Instagram sahifamiz 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing