“Agrobank”da ish o‘rganuvchi 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
21 iyul 2021
7569Sirdaryoda “Agrobank” ish o‘rganuvchi 2 ming AQSH dollari pora bilan qo‘lga tushdi. U avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasini tashkil qilish uchun bankdan 240 million so‘m kredit olmoqchi bo‘lgan fuqarodan “xolis xizmati uchun” 24 million so‘m talab qilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Gap shundaki, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yashovchi fuqaro avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasini tashkil qilish maqsadida “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 240 mln so‘m kredit olish uchun “Agrobank”ning tuman filialiga murojaat qiladi. Biroq bank xodimlari turli vajlar bilan unga kredit ajratishni kechiktirib keladi.
DXX va Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Agrobank”ning Sardoba tuman filiali ish o‘rganuvchisi ushbu kreditni olib berish evaziga 24 million so‘m talab qilgani aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, ish o‘rganuvchi fuqarodan 2 ming AQSH dollarini olgan paytda qo‘lga tushgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi