Agrar universitetining to‘rtinchi filiali ochiladi

Jamiyat

image

Toshkent davlat agrar universitetini 2030 yilgacha bo‘lgan innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2020 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalar hamda yoshlarni oliy ta’lim qamrovini oshirish maqsadida “Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali”ni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Bunda Samarqand filialida tashkil etiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan Filial faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan to‘ldirish nazarda tutilgan.

Mas’ul ijrochilar - prorektorlar (S.Islomov, K.Sultonov, I.Isroilov, A.Abduvosiqov, Sh.Sattorov).

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Termiz, Andijon shaharlarida filiallari ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Agrar universiteti

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar