Agrar universitetining sobiq rektori qamoqda ekani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

2013-2020 yillar davomida Toshkent davlat agrar universiteti rektori bo‘lgan S.B. ayni paytda qamoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov bugun, 16 iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova.

Vazirning ta’kidlashicha, B.S. moliyaviy va qabul bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlikda gumonlanmoqda. U talabani super-kontraktdan bazaviy kontraktga o‘tkazib bergan bo‘lishi ham mumkin. Ayni vaqtda mazkur ish bo‘yicha tergov jarayoni ketmoqda.

“B.S. ishiga kelsak, men Qonunchilik palatasida ham ishlaganman, tergov jarayoni ketayotgan paytda bir narsa aytolmayman. Eng muhimi ehtiyot chorasi sifatida qamoq jazosi qo‘llanilgan. Hozir tergov jarayonlari ketmoqda. Dastlabki tergov natijalari hali e’lon qilingani yo‘q. Balki moliyaviy xatoliklar bo‘lishi mumkin, balki qabul masalasi bo‘lishi mumkin. Lekin ba’zi OTMlarni biz ham tekshirganimizda superkontraktda o‘qishi kerak bo‘lgan bolaning oddiy kontrakt bilan o‘qiyotgani ham kuzatilyapti”, deydi Abduqodir Toshqulov.

Vazirning ta’kidlashicha, universitetda juda katta attestatsiya o‘tkazilgan va juda ko‘p o‘qituvchilar ishdan bo‘shatilgan. Agrar universitetga hozirda Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘zi rektorlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing