Agrar sohaga ixtisoslashgan yangi universitet ochiladi
Jamiyat
−
27 aprel 2022 6770 1 daqiqa
2022-2023 o‘quv yilidan yangi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda bugun, 27 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev agrar sohada ta’limni yanada rivojlantirish masalalari hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalarning borishi yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, birinchi o‘quv yilida universitetda 7 ta mutaxassislik bo‘yicha 200 nafar talaba o‘qitiladi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi va Oliy ta’lim vazirlariga texnikumlar bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish topshirildi. Bunda:
• agrar sohadagi barcha texnikumlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkaziladi;
• klaster va boshqa yirik qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan hamkorlikda texnikumlardagi o‘quv dasturlar, metodologiyasi, darsliklar va amaliyot tizimi butunlay qayta ko‘rib chiqiladi;
• texnikumlar yangi tashkil etiladigan agroxizmatlar markazlari bilan uzviy bog‘lanadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust