“Agent Jeyms Bond” Britaniya dengiz flotining faxriy qo‘mondoniga aylandi

Madaniyat-san’at

image

Angliyalik aktyor Deniel Kreyg Jeyms Bond filmidagi kabi Britaniya dengiz flotining faxriy qo‘mondoniga aylandi.  

Qirollik dengiz floti saytida yozilishicha, 53 yoshli ijodkorga Britaniya dengiz floti imidjiga qo‘shgan hissasi va harbiy oilalarni qo‘llab-quvvatlagani uchun bu unvon berilgan.

“Men juda minnatdorman, faxriy katta komandir unvonini olish men uchun sharaf”, deydi Kreyg.

Joriy yilning 7 oktyabrida Jeyms Bond sarguzashtining yangi qismi “O‘lish vaqt emas” filmi ekranlarga chiqadi. Ma’lum qilinishicha, josuslik trillerini yaratuvchilar film ustida ishlash jarayonida Mudofaa vazirligi va Britaniya Harbiy-dengiz floti bilan yaqindan hamkorlik qilgan. Ularga suratga olish uchun zarur uskunalar va joylar taqdim etilgan.

Kreyg uchun “O‘lish vaqt emas” serialning oxirgi tasmasi bo‘ladi. Aktyor 15 yil josus rolini o‘ynagan – “Kazino royal” dan boshlab. Hammasi bo‘lib, “agent 007” haqidagi beshta film Kreyg ishtirokida suratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

265

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing