Agar yevropaliklar muammo xohlasa, buni olishadi – Lukashenko
Olam
−
04 may 2021 9323 1 daqiqa
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘arbning Minskni sanksiyalar bilan qo‘rqitishga urinishini asosiy muammolardan biri deb atadi. Lukashenko bu haqda Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko bilan muzokarada aytib o‘tgan.
“Agar yevropaliklar ushbu sanksiyalar bilan bog‘liq holda muammolarni xohlasalar, ular buni olishadi. Men boshqa hech narsa demayman. Vaqt ko‘rsatadi. Mamlakatimizdagi Yevropaning eng yirik loyihalari va Belarus hududida tashkil etilgan korxonalar to‘g‘risida ma’lumot bering, ularning ishlarini ko‘rib chiqaylik”, deya ko‘rsatma bergan Lukashenko.
Shuningdek, Prezident hukumatga Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda G‘arbning Belarusdagi gumanitar dasturlari ishini tekshirishni buyurgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr