Avtomobil, mebel... Hokim va vazirlarning ortiqcha xarajatlariga taqiq qo‘yildi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha hokimlik va vazirliklarga ortiqcha xarajatlarga barham berishni buyurdi. Buni esa Bosh prokuratura nazorat qilib boradi. Bu haqda davlat rahbari bugun, 31 mart kuni bo‘lib o‘tayogan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida gapirdi. 

Prezident iqtisodiy kompleks rahbarlariga makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish bo‘yicha ta’sirchan choralarni davom ettirishga ko‘rsatma berdi.

Buning uchun hudud va tarmoq xarajatlarini 10 trillion so‘mga qisqartirish talab etiladi.

Prezident yil yakuniga qadar barcha hokimlik, vazirlik va idoralarga: 

•    moliyaviy manbasi aniq bo‘lmagan qurilishlarni boshlash;

•    bino ta’mirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish kabi qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishni qat’iyan taqiqladi.

Bosh prokuraturaga byudjet tashkilotlarida ushbu xarajatlarning oldini olish ustidan tizimli nazorat o‘rnatish va viloyat kesimida har hafta Prezidentga axborot berish topshirildi.

"Bu – mablag‘lar olib qo‘yiladi, degani emas. Barcha iqtisod qilingan mablag‘lar ushbu hudud va tarmoqning rivojlantirish dasturiga yo‘naltiriladi", deydi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing