Afsonaviy Frank Riberi faoliyatini yakunlashi mumkin
Sport
−
07 Oktabr 2022
2870Fransiya terma jamoasi va Germaniyaning “Bavariya” klubining sobiq futbolchisi Frank Riberi tez orada faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda jurnalist, insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi “Salernitana” bilan shartnomasini bekor qilishga yaqin turibdi.
Fransiyalik futbolchi tizzasidagi muammolar tufayli faoliyatini yakunlashi mumkin. U “Salernitana”da boshqa lavozimda qoladi.
Riberi murabbiylik kurslarini o‘qishni niyat qilgan. Shuningdek, Frankning sport menejeri kurslarini ham o‘tashi kutilmoqda. Shundan so‘ng, “Bavariya”ning sobiq futbolchisi qaysi rol o‘ziga ko‘proq mos kelishini hal qiladi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Frank Riberi “Salerintana” safida bor-yo‘g‘i ikkita uchrashuvda maydonga tushib, 96 daqiqa harakat qilgan.
LiveBarchasi