Afsonaviy “El Klasiko” “Real”ning g‘alabasi bilan yakunlandi
Sport
−
21 iyul 2021
4458Kecha, 20 iyul kuni Isroildagi “Blumfild” stadionida “Barcyelona” va “Real Madrid” afsonalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “qaymoqranglilar” kataloniyaliklarni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
27-daqiqada Ronaldino penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 42-daqiqada Pedro Munitis o‘rtadagi muvozanatni tikladi. Uch daqiqadan so‘ng Alfonso Peres Madrid superklubini oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda Xofre Mateu “ko‘k-anorranglilar”ning ikkinchi golini urib, muvozanatni tikladi. O‘yindagi so‘nggi golni 70-daqiqada “Real” futbolchisi Ruben De la Red kiritdi. Shu tariqa tarixiy “El Klasiko” “Qirollik klubi”ning g‘alabasi bilan tugadi.
“Barselona” safida Angoy, Xuan Karlos, Deyu, Dani Tortolero, Goykoechea, Mendeta, Deku, Rivaldo, Arpon, Saviola, Ronaldino, Gusman, Ronald de Bur, Koko, Amor, Xofre va Okunovo maydonga tushdi.
Kodina, Nunes, Ivan Kampo, Fernando Sans, Roberto Karlos, Rivera, Milya, De la Red, Figu, Alfonso Peres, Amaviska, Munitis, Velasko va Martin Velaskes “Real Madrid” sharafini himoya qildi.
Ma’lumot uchun, jamoalar rasmiy o‘yinlarda o‘zaro 246 marta to‘qnash kelgan. 98 o‘yinda “Real”, 96 bahsda “Barselona” g‘alaba qozongan. 52 bellashuvda durang natija qayd etilgan.
LiveBarchasi