Afrikaning besh davlatida “omicron”ning yuqumliroq turi tarqalgan

Salomatlik

image

Afrikaning beshta davlatida aniqlash qiyin bo‘lgan “omicron” shtammining kichik tiplaridan biri qayd etildi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Afrika mintaqasi katta ilmiy xodimi Niksi Gumede-Moletsi brifingda ma’lum qildi.

“Omicron” shtammining uchta kichik turidan biz VA.1, VA.2 va VA.3. kenja turlarini bilamiz. Ayni paytda bizda VA.1 kenja turlarining ko‘plab holatlari mavjud. “Omicron”ning yana bir kichik turi, ko‘pchilikka “stels” sifatida tanilgan VA.2. kenja tur beshta mamlakatda - Botsvana, Keniya, Malavi, Senegal va Janubiy Afrikada aniqlangan”, degan u.

VA.2 kenja turi bilan kasallanish holatlari VA.1kenja turiga nisbatan ancha kam bo‘lishiga qaramay, bu holat JSSTning hududiy boshqarmasini xavotirga solmoqda, degan u. Buning sababi shundaki, testlar, hatto laboratoriyalarda ham, VA.2 kichik turini har doim ham aniqlay olmayapti, chunki u ko‘pincha “omicron” shtammiga xos bo‘lgan ma’lum mezonlarga ega emas.

JSST Afrika bo‘limi vakillari qit’a mamlakatlarida COVID-19 ga qarshi vaksinalarni tarqatishni moliyalashtirish uchun kamida 1,29 milliard dollar yetishmasligini ta’kidladi. Shu bilan birga, aholini emlash darajasi past bo‘lishiga qaramay, aholining yoshligi, uzoq masofalar va mintaqaning kamroq urbanizatsiyasi tufayli ushbu davlatlarda COVID-19 tarqalishi pastroq.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing