Afrikada qor yog‘di (video)
Olam
−
22 Sentabr
33610Kecha, 21 sentyabr kuni Janubiy Afrikada boshlangan qor yog‘ishi 13 soatdan beri to‘xtovsiz davom etmoqda. Bu haqda “France 24” xabar berdi.
Ayrim hududlarda ikki metrgacha qor yog‘gan. Sinoptiklarning aytishicha, bu ekstremal holat. Nam havo oqimi JAR tog‘lariga yaxshigina qor bo‘ron bilan yopirilgan. Lekin bu Janubiy Afrikaning hamma yeriga qor yog‘di degani emas.
Masalan, Yoxannesburg va Durban kabi tekislik hududlarida (dengiz sathidan 100 metrgacha baland shaharlar) tungi minimum havo haroratlari 4-9 darajagacha pastlagan. Avtomagistral yo‘llar eng ko‘p qor bilan qoplangan, yo‘llar muzlagan.
Ammo dengiz sathidan 1.4 km balandlikdagi Mooy-River hududida kecha harorat nol darajagacha pasaygan va sutka davomida 37 millimetrga yaqin yog‘ingarchilik kuzatilgan. Bu miqdor agarda qor ko‘rinishida yog‘sa ham birdaniga 2 metr qalinlikdagi qor qoplamini bermagan bo‘lardi.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, Yoxannesburg va sharqiy sohildagi Durban shahrini bog‘laydigan asosiy N3 avtomagistrali eng ko‘p jabrlanganlardan biri bo‘lgan va bir nechta qismlari yopilgan, hatto aylanma yo‘llardan ham o‘tib bo‘lmaydi.
Favqulodda xizmatlarning transport vositalarida ishlamoqda, ammo qancha odam jabrlangani va ular qanday holatda ekanligi hali aniq emas.
“Favqulodda xizmatlar tun bo‘yi ishladi. Ular imkon qadar ko‘proq yo‘l foydalanuvchilariga yetib borishga harakat qildi”, deydi rasmiylardan biri.
Kvazulu-Natal provinsiyasi hukumati tushda e’lon qilgan bayonotda aytilishicha, ba’zi yo‘lda qolib ketgan avtoulovlilarga ko‘rpa-to‘shak va ovqat yetkazib berilgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning iyul oyida ham Janubiy Afrikada qor yog‘gan edi. O‘shangacha hududda qor yog‘maganiga 10 yil bo‘lgan edi. Janubiy Afrikaning bir qator viloyatlarida, shu jumladan Sharqiy Keyp, Mpumalanga va Yoxannesburg va Souetoni o‘z ichiga olgan Gauteng mintaqasida qor yog‘gan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda qor yog‘gani xabar qilingandi.
LiveBarchasi