Afg‘onistonning milliardlarini muzlatgan AQSH afg‘onlarga $150 mln ajratdi

Olam

image

AQSH Birlashgan Millatlar Tashkilotining uchta agentligi orqali Afg‘onistonga 150 million dollar ajratdi. Bu haqda AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Uest ma’lum qilgan.

"Biz Afg‘onistondagi iqtisodiy inqirozni yengib o‘tish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. 150 million dollar oziq-ovqat xavfsizligi muammosini hal qilishga yordam beradi, afg‘on bolalarini maktabda o‘qishini ta’minlaydi hamda ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytiradi", deydi Uest. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotiga 80 million dollar, UNICEF bolalar jamg‘armasiga 40 million dollar, BMT ayollar tashkilotiga 30 million dollar bergan.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan keyin mamlakatning Amerika banklaridagi 7 milliard dollarni muzlatib qo‘ygandi. Qobulda bu qaror "talonchilik" deb nomlangan.

Joriy yilning 26 iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqi “Tolibon” tomonidan shakllantirilgan, Qo‘shma Shtatlarning xorijiy banklarida bloklangan afg‘on aktivlariga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing