Afg‘onistonning ikki Prezidenti kelishib oldi. Abdulrashid Do‘stum marshal unvonini oldi
Olam
−
17 may 2020
18848Prezident Ashraf G‘ani va uning siyosiy raqibi Abdulla Abdulla bir necha oy davom etgan siyosiy kelishmovchilikdan keyin hokimiyatni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Bu haqda bugun, 17 may kuni “Tolo News” nashri xabar berdi.
Siyosiy tanglik o‘tgan yil natijasi fevral oyida e’lon qilingan bahsli prezidentlik saylovlari natijasida paydo bo‘lgan edi. Mustaqil saylov komissiyasi tomonidan G‘ani raqibi Abdullaga nisbatan bir oz ko‘proq ovoz to‘plaganidan keyin Prezident deb e’lon qilindi. Biroq bunga ko‘nmagan Abdulla ham o‘zini Prezident deya e’lon qildi. Natijada, ikki rahbar, G‘ani va Abdulla o‘zlarining qarorgohlarida inauguratsiya marosimlarini o‘tkazishdi.
Manbalarning ta’kidlashicha, loyihaga binoan, Abdulla Milliy kelishuv Oliy kengashini ijroiya hokimiyati bilan boshqaradi va uning jamoasi kabinetda 50 foiz ulushga ega bo‘ladi.
G‘ani va Abdulla imzolangan hujjat “siyosiy kelishuv” deb nomlanadi. Sobiq vitse-prezident Abdulrashid Do‘stumga marshal unvonini berish shartnomaning yana bir qismidir.
LiveBarchasi