Afg‘onistonning BMTdagi vakili “Tolibon” hokimiyatini tan olmaslikka chaqirdi
Olam
−
17 avgust 2021
10934Afg‘onistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili G‘ulom Isxakzay Xavfsizlik Kengashini “Afg‘oniston Islom Amirligi”ni tan olmaslikka chaqirdi. Bu haqda TACC xabar bermoqda.
G‘ulom Isxakzayning ta’kidlashicha, Qobul aholisi qo‘rquv va talonchilikdan aziyat chekyapti. Ayni vaqtda Islomiy Amirlikni tan olmasdan turli etnik guruh vakillari va ayollar bilan o‘tish davri hukumatini tuzish kerak.
Irlandiyaning BMTdagi doimiy vakili Bern Nason Isxakzayning taklifini qo‘llab-quvvatladi. Nasonning fikricha, "Tolibon" harakatini tan olish masalasini muhokama qilishga hali erta.
“Xalqaro hamjamiyat Afg‘oniston yana terrorchi tashkilotlarning boshpanasiga aylanmasligini ta’minlashi kerak”, deydi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida.
Isxakzay o‘z nutqida agar xalqaro hamjamiyat harakat qilmasa, Afg‘oniston xalqining o‘zi fuqarolar urushiga kirishini ta’kidladi.
Uning fikricha, toliblar tomonidan tahdidga uchrayotgan aholi guruhlarini evakuatsiya qilish uchun Afg‘onistonda gumanitar yo‘lak tashkil qilish zarur.
"Shoshilinch ravishda "Tolibon" hujumlari va qasosiga uchraganlarni evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘lak tashkil qilish kerak", deydi Isxakzay.
Qayd etish kerakki, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Kecha, 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Boshqaruvsiz qolgan Afg‘oniston harbiylari mamlakatdan qochishga harakat qilmoqda.
LiveBarchasi