Afg‘onistonlik futbolchilar boykot e’lon qildi

Sport

image

Afg‘onistonning 18 nafar futbolchisi mamlakat futbol federatsiyasi rahbariyatini o‘zgartirishni talab qilib, mamlakat terma jamoasi o‘yinlariga boykot e’lon qildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi

Futbolchilar amaldagi federatsiya prezidenti, bosh kotib va ijroiya qo‘mitasi a’zolarini korrupsiya va FIFA tomonidan ajratilgan mablag‘larni suiiste’mol qilishda ayblamoqda. Xususan, ular federatsiya xodimlari FIFA'ga hujjatlarni taqdim etish orqali Bishkekda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo Millatlar kubogi vaqtida jamoaning yashash xarajatlarini oshirib ko‘rsatgan, deb hisoblamoqda. 

Federatsiyaning ma’lum qilishicha, mehmonxonalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri FIFA'ga hisob-fakturalar berib pul olgan, shuning uchun korrupsiya holati bo‘lishi mumkin emas.

Gap shundaki, Afg‘onistonda “Tolibon” vakillari hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, FIFA Afg‘oniston futbol federatsiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazishni to‘xtatdi va milliy terma jamoa xarajatlarini yillik moliyaviy yordam dasturi orqali bevosita to‘lab berdi. Afg‘oniston 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining ikkinchi bosqichidagi ilk o‘yinini kelasi payshanba kuni Qatarda o‘tkazishi kerak va delegatsiya a’zolari uchun Dohaga chiptalarni FIFA sotib olib beradi. Jamoa ikki kun avval Qatarga uchib ketishni rejalashtirgandi, biroq Afg‘oniston futbol federatsiyasidagi boykot tufayli saralash o‘yinlariga futbolchilarni jalb qila olmayapti.

Dohadagi mehmonxona xarajatlari ham FIFA tomonidan qoplanishi kerak edi, biroq Afg‘oniston futbol federatsiyasi Qatar futbol assotsiatsiyasidan bu xarajatlarni qoplashni so‘rab, mablag‘ tejab qolgan. 

Shuningdek, futbolchilar mezbon maqomidagi uchrashuvlarining Saudiya Arabistoniga ko‘chirilishidan ham norozi bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Saudiya Arabistoni Tolibon Qatar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing