Afg‘onistonlik futbolchi samolyotga osilib mamlakatdan qochayotganda halok bo‘ldi

Olam

image

Afg‘onistonlik yosh futbolchi Zaki Anvari mamlakatdan qochmoqchi bo‘lganida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Babak Tagvayeye Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Lenta” xabariga ko‘ra, sportchi C-17A samolyotining shassisini ushlab, mamlakatni tark etishga uringanlar orasida bo‘lgan. Qayd etilishicha, futbolchi tanasining qismlari samolyotning shassi bo‘linmasidan topilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 avgust kuni  taloto‘plar chog‘ida bir qancha afg‘onistonliklar Qobul aeroportidan uchayotgan AQSH harbiy samolyotiga tashqi tomondan chirmashgan holda mamlakatni tark etishga uringan. Biroq ular yuqori tezlikda uchuvchi samolyotning shassisi yoki korpusini uzoq vaqt davomida ushlab tura olmagan. Oqibatda katta balandlikdan yerga qulab halok bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. O‘sha kuni Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Bugun, 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

630

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing