Afg‘onistondan O‘zbekiston orqali narkotik tashish holatlari ko‘paygani aytildi

Jamiyat

image

Afg‘onistondan O‘zbekiston transport infratuzilmasi orqali giyohvand moddalarini olib o‘tishga urinishlar ko‘paygan. Bu haqda Giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi rahbari Olim Narzullayev bugun, 20 aprel kuni Toshkentda o‘tgan SHHTga a’zo davlatlarning narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli organlari rahbarlarining yig‘ilishida ma’lum qildi

“Afg‘onistondan Shimoliy yo‘nalish orqali giyohvand moddalar savdosining hajmi oshmoqda. Ayniqsa, mintaqa mamlakatlari bilan faol integratsiya jarayonlari fonida ularning hududlari orqali asosiy giyohvand moddalarning oqimi ortmoqda. Xususan, O‘zbekiston transport infratuzilmasi orqali giyohvand moddalarni olib o‘tishga urinishlar ko‘paygan”, deydi Olim Narzullayev.

O‘tgan yilda to‘xtatib qolingan narkotik hajmi 1864,4 kilogrammni tashkil etgan, bu 2020 yilga nisbatan 20,9 foizga ko‘p.

Aytish joizki, joriy yilning 3 aprel kuni Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” radikal harakati butun mamlakat bo‘ylab ko‘knori yetishtirishni taqiqlagandi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH o‘z qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqish qarorini e’lon qilganidan so‘ng, “Tolibon” Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 2021 yil 15 avgustda “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa respublikani tark etdi. 6 sentyabr kuni “Tolibon” butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida, 7 sentyabrda esa qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing