Afg‘onistondan olib kelingan ichimliklar ustida laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda – Sanepidemqo‘mita
Jamiyat
−
05 iyul
7030Avvalroq, Qirg‘izistonda Afg‘onistondan keladigan anor ekstraktili gazli ichimlik vositasini sotish taqiqlangani, mazkur gazli ichimlik mamlakatning O‘sh shahridagi savdo nuqtalaridan butunlay yig‘ishtirib olingani haqida xabar berilgandi. Ushbu mahsulot O‘zbekiston Respublikasiga ham olib kirilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonga olib kirilgan anor ta’mli ichimlik tarkibida zaharli yoki inson salomatligiga zarar keltiruvchi moddalar aniqlanmagan.
Bildirilishicha, hozirda Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan anor ta’mli mahsulotlardan qayta namunalar olinib, nazorat tartibida laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda.
Shuningdek, bugungi kunga qadar aholi tomonidan aynan ushbu mahsulotning sifatsizligi va iste’mol qilish oqibatida zaharlanganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushmagan.
LiveBarchasi