Afg‘onistondan giyohvand moddalar savdosi deyarli ikki baravarga ko‘paydi – Dushanbe
Olam
−
18 Oktabr 2022
64782021 yilda Afg‘onistondan narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi 2020 yilga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘paygan. Yuqoridagi raqam respublikada giyohvand moddalarni musodara qilish hollari ko‘payishi bilan tasdiqlanadi. Bu haqda bugun, 18 oktyabr kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Terrorizmga qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha yuqori darajadagi konferensiyada Tojikiston Bosh prokurori Yusuf Rahmon ma’lum qildi.
“Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi terrorchilarning moddiy va moliyaviy ta’minoti hisoblanadi. Agar 2020 yilda biz [Tojikistonda] 2,5 tonnaga yaqin giyohvand moddalarni musodara qilgan bo‘lsak, 2021 yilda bu miqdor 4 tonnaga ko‘paydi, ya’ni Afg‘onistondan narkotik moddalar kontrabandasi oqimi deyarli ikki baravar ko‘paydi”, deydi Bosh prokuror.
Uning qayd etishicha, bu holat narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik va faoliyatni muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurligini tasdiqlaydi.
Eslatib o‘tamiz, konferensiyada nutq qilgan Prezident Imomali Rahmon jangarilarning Yaqin Sharqdan boshqa mintaqalarga ko‘chirilishi Afg‘onistondagi terrorchilik tashkilotlarining mavqeini mustahkamlashi va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun jiddiy xavf hisoblanishini aytgan edi.
LiveBarchasi