Afg‘onistondagi masjid portlatildi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 2 sentyabr kuni Afg‘oniston g‘arbiydagi Hirot provinsiyasining Guzara shahridagi masjidda juma namozi vaqtida uyushtirilgan portlash oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi, 45 kishi jabrlandi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, portlovchi qurilmani xudkush-terrorchi ishga tushirgan. Hodisa qurbonlari orasida Moulavi masjidi imom-xatibi Muhayb Urrahmon Ansoriy ham bor.

So‘nggi oylarda Afg‘oniston viloyatlarida, jumladan, poytaxt viloyatida qator portlashlar, qurolli hujumlar va otishmalar sodir bo‘ldi. Oqibatda ham mamlakatda hokimiyatni egallab olgan “Tolibon” harakati tarafdorlari, ham tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi. Bu hodisalarning aksari uchun javobgarlikni ISHID terrorchilik tashkilotining Afg‘onistondagi bo‘linmasi o‘z zimmasiga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing