Tilla taqinchoqlarni yashirincha olib kelayotgandi...

Jamiyat

image

Zargarlik buyumlarini yashirin yo‘llar bilan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar bojxona organlari xodimlari e’tiboridan chetda qolayotgani yo‘q.

Jumladan, kecha, 24 sentyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqaro M.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

 Natijada, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari va yuklari orasiga jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati 160 million so‘mlik 492,5 gramm qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga uringani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

xorijiy reys bilan taqinchoqlar

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing