Afg‘onistondagi 11 viloyat zulmatda qoldi

Olam

image

Bugun, 30 aprel kuni Afg‘onistonning kamida 11 ta, jumladan, poytaxt Qobul viloyati, mahalliy elektr uzatish liniyalaridan birida noma’lum shaxslar tomonidan uyushtirilgan portlash oqibatida, elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda Afg‘oniston milliy elektr kompaniyasi (DABS) e’lon qilgan xabarda aytiladi.

Qayd etilishicha, portlash Parvon viloyatidagi elektr uzatish liniyasida sodir bo‘lgan.

"Mina portlashi oqibatida ikkita elektr uzatish minorasi vayron bo‘ldi. Ushbu voqea sabab Qobul va yana 10 ta viloyat elektr ta’minotisiz qoldi", deyiladi xabarda. 

Aniqlik kiritilishicha, DABS texnik xodimlaridan iborat guruh allaqachon voqea joyiga jo‘nab ketgan va zararni imkon qadar tezroq bartaraf etish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Afg‘onistonning “Asvaka News” agentligiga ko‘ra, portlagan elektr tarmog‘i O‘zbekistondan Afg‘onistonga energiya yetkazib bergan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi oylarda Afg‘onistonning bir qancha viloyatlarida, jumladan, poytaxt viloyatida bir necha portlashlar, qurolli hujumlar va otishmalar sodir bo‘lib, ularda ham toliblar, ham tinch aholi halok bo‘ldi. “Islom davlati” terror tashkilotining bir bo‘lagi bo‘lgan “Xurosondagi Islomiy davlat” guruhi bu voqealarning aksariyati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

560

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing