Afg‘onistonda yana zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
22 mart 2023
4620722 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:02 da (21.03.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 19:02 da) Afg‘onistonda yana bir zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari:
⁃ 37,03 gradus shimoliy kengli;
⁃ 72,87 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4. Chuqurlik 100 km.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 566 km janubiy-sharqda.
Keyingi zilzila O‘zbekistonda sezilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 21 mart kuni Afg‘onistonda 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila Toshkent vaqti bilan 21:47 ta O‘zbekistonda ham sezildi.
LiveBarchasi