Afg‘onistonda sovuq tufayli 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Olam

image

Afg‘onistonning turli viloyatlarida havo haroratining keskin pasayishi va qor yog‘ishi oqibatida 20 dan ortiq kishi vafot etdi. Bu haqda “Tolonews” telekanali xabar berdi. 

Hirot viloyati g‘arbida joylashgan shifoxona ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 70 kishi gipotermiya (odam va issiq qonli hayvonlarda temperaturaning odatdagidan pasayishi) bilan shifoxonaga yotqizilgan. Sovuq havoda ko‘chada qolgan to‘rt nafar giyohvand fuqaro vafot etgan.

Shuningdek, Badgis provinsiyasida kamida besh kishi gipotermiya tufayli halok bo‘lgan. 

“Bir cho‘pon va to‘rt bola gipotermiya tufayli vafot etdi”, deydi Badgis gubernatori matbuot kotibi Ahmad Xanzala.

Pokiston bilan chegaradosh Xost viloyatida besh kishi, Faryob viloyatining shimolida ikki kishi hamda Juzjon viloyatida ham ikki kishi atmosfera haroratining sezilarli darajada pasayishi tufayli halok bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Badgis va boshqa viloyatlarda kamida 4 ming qoramol muzlab o‘lgan. Shu bilan birga, sovuq havo tufayli bir qancha viloyatlarda minglab gektar dehqonchilik yerlari va yuzlab issiqxonalar zarar ko‘rgan.

Qayd etilishicha, sovuq ob-havo tufayli afg‘onlar isitish uchun gaz plitalari va ko‘mirdan faol foydalanmoqda va bu ham o‘limga olib kelmoqda.

OAV xabarlariga ko‘ra, so‘nggi 10 kun ichida Afg‘onistonning turli viloyatlarida kamida 10 kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan. O‘lim sababi isitish uskunalaridagi nuqsonlar bo‘lib, ular uchun ko‘mir va gaz ishlatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston sovuq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing