Afg‘onistonda sovuq tufayli halok bo‘lganlar soni 70 nafarga yetdi
Olam
−
19 yanvar 2023
8498Mamlakatda qattiq sovuq va qor tufayli halok bo‘lganlar soni 70 kishiga yetdi. Bu haqda 18 yanvar kuni “Tolonews” telekanali xabar berdi.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qor yog‘ishi va sovuq havo tufayli Badgis, G‘azni, Nimroz, G‘or, Paktika, Hirot, Qandahor va Faryob viloyatlarida 70 kishi halok bo‘lgan”, deydi Afg‘onistonning Tabiiy ofatlarni boshqarish vazirligi vakili Mulla Abdulla Muhammadiy.
Shuningdek, sovuq oqibatida Badgis, Saripul, Juzjon va Faryobda kamida 70 ming bosh qoramol o‘lgan.
Afg‘oniston aholisining fikricha, sovuq mavsumda qurbonlar sonining ko‘payishiga qashshoqlik va ishsizlik sabab bo‘lgan.
“Biz xalqaro hamjamiyat, mahalliy ma’muriyat va hamkor tashkilotlardan mahalliy aholiga yordam berishlarini so‘raymiz. Havo ancha sovuq, xalqning iqtisodiy ahvoli juda og‘ir”, deydi Bamyon viloyatida yashovchi Muhammad-Amin Xalili Afg‘oniston telekanaliga bergan intervyusida.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish vazirligiga ko‘ra, oxirgi 28 kun ichida mamlakatning turli hududlarida sovuqdan jabr ko‘rgan 5 mingga yaqin oilaga oziq-ovqat va nooziq-ovqat yordam to‘plamlari tarqatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonning turli viloyatlarida havo haroratining keskin pasayishi va qor yog‘ishi oqibatida 20 dan ortiq kishi vafot etgandi.
LiveBarchasi