Afg‘onistonda saylov kunidagi qurbonlar soni ma’lum qilindi
Olam
−
29 Sentabr 2019
4895Kecha, 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Afg‘onistondagi Prezidentlik saylovida jangarilarning hujumlari natijasida 32 kishi halok bo‘ldi, yana 123 kishi jarohat oldi. Bu haqda turli manbalardan olingan ma’lumotlarga asoslanib, Pajhwok agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek, saylov kuni yuzdan ortiq hujumlar qayd etilgan. Ularning aksariyati Tolibon jangarilaridan.
Jangarilarning hujumlari mamlakatning turli burchaklarida, eng avvalo, sharqiy Nangarhar viloyatida sodir bo‘ldi.
Mamlakat janubidagi Qandahordagi saylov uchastkasida portlashda kamida 15 kishi jabrlangan. Tolibon shimoliy Qunduz viloyatida ham tinch aholini o‘qqa tutilgan, u yerda saylov kuzatuvchisi o‘ldirilgan.
Kecha, 28-sentyabr kuni jangarilarning hujumlarida xavfsizlik kuchlarining besh nafar xodimi halok bo‘lgan, 37 nafar tinch aholi yaralangan. Mudofaa vazirligi jangarilar tomonidan amalga oshirilgan hujumlarning aksariyatini qaytargan.
Ovoz berishdan oldin, Tolibon, avvalgidek, "yolg‘on" deb e’lon qilgan saylovlarni buzish niyatini bildirdi. Shuningdek, ular tashkilotchilar va ishtirokchilariga tahdid qildi. O‘tgan yili Parlament saylovlari paytida terroristik hujumlar va jangarilarning uchastkalarga qilgan hujumlari natijasida 50 dan oshiq odam halok bo‘lgan va yuzlab odamlar jarohatlangan. BMT bu hodisani Afg‘oniston tarixidagi eng katta shafqatsizlik degandi.
Ovoz beruvchilar juda past darajada ishtirok etgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalarining chorak qismi yopilgan (Afg‘oniston Hukumati mamlakatning butun hududini nazorat qilmaydi, aksariyat qismi toliblar tomonidan nazorat qilinadi).
Saylovda o‘nlab nomzodlar ishtirok etmoqda.
Prezident vazifasini bajaruvchi Ashraf G‘ani va Bosh vazir Abdulla Abdulla favorit hisoblanadi. G‘olib bo‘lish uchun nomzod 50 foizdan ko‘proq ovoz olishi kerak. Aks holda, ikkinchi tur boshqalardan ko‘ra ko‘proq to‘plagan ikki ariza beruvchi o‘rtasida o‘tkaziladi.
Dastlabki natijalar faqat oktyabrda e’lon qilinishi kutilmoqda.
LiveBarchasi