Afg‘onistonda portlash. Qurbonlar bor
Olam
−
26 dekabr 2022 7495 1 daqiqa
Bugun, 26 dekabr kuni Afg‘oniston shimoli-sharqida joylashgan Badaxshon viloyatida xavfsizlik kuchlari shtab-kvartirasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “TOLOnews” telekanali xabar berdi.
“Portlovchi moddani afg‘on xalqi dushmanlari mashina ichiga o‘rnatgan, portlash Badaxshon politsiyasi bosh boshqarmasi binosi yaqinida sodir bo‘lgan”, deydi “Tolibon” radikal harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumat Ichki ishlar vazirligi vakili Abdul Nafi Tahor ma’lum qildi
Ushbu hodisa oqibatida uch kishi, jumladan, Badaxshon viloyati xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan. Ikki kishi yaralangan.
Telekanal manbalariga ko‘ra, halok bo‘lgan xavfsizlik xodimining shaxsiy avtomobiliga portlovchi moslama o‘rnatilgan.
Tahor, shuningdek, politsiya voqeani uyushtirganlikda gumon qilingan to‘rt kishini allaqachon hibsga olganini ma’lum qildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025