Afg‘onistonda noma’lum kasallik tarqalmoqda. 2 bola vafot etdi
Olam
−
21 dekabr 2022
5148Afg‘oniston janubidagi Zobul viloyatida noma’lum kasallik epidemiyasi ikki bolaning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda “TOLO news” telekanali Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” harakati hukumati tomonidan tashkil etilgan mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘iga tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, viloyat sharqida joylashgan Shadjo‘y tumanida kuniga kamida 80 kishi kasallangan va ikki bola halok bo‘lgan. Qaysi kasallik haqida gap ketayotgani aniqlanmagan. Shifokorlar infeksiyaning asosiy belgilari sifatida kuchli isitma va og‘iz va burundan qon ketishini ko‘rsatmoqda.
13 sentyabr kuni Afg‘onistonning “Hasht e Subh” gazetasi viloyatda vabo avj olgani haqida xabar berdi. O‘shanda, asosan, Zobulning shimoliy va shimoli-sharqiy tumanlarida 500 ga yaqin infeksiya holati qayd etilgan. O‘lim holatlari qayd etilmagan.
LiveBarchasi