Afg‘onistonda ketma-ket uch marta zilzila yuz berdi

Olam

image

Bugun, 13 fevral kuni Afg‘oniston hududida ketma-ket uch marta zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Afg‘onistonda Toshkent vaqti bilan 06:09 da 3,7 magnitudali, 06:17 da 4,2 magnitudali, 07:59 da 4 magnitudali zilzila yuz bergan.

So‘nggi zilzila koordinatalari 36,89 daraja shimoliy kenglik, 70,34 daraja sharqiy uzunlikni tashkil etgan. Ushbu yer qimirlashining o‘chog‘i 15 km chuqurlikda joylashgan. 

Uchala zilzila epimarkazi Toshkentdan 496-587 km janubi-sharqda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.

Shuningdek, yer silkinishi holatlari qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘izistonda ham yuz berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing