Afg‘onistonda 80 ga yaqin o‘quvchi qizlar zaharlangani aytilmoqda

Olam

image

Afg‘onistonning Sang-charak tumanida 80 ga yaqin boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlari zaharlanib, shifoxonaga yotqizilganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda CNN'ga Shimoliy Sari-Pul viloyatidagi ta’lim bo‘limi rahbari Muhammad Rahmoniy ma’lum qilgan.

Rahmoniyning so‘zlariga ko‘ra, bir maktabda o‘qigan 17 nafar o‘quvchi, bir kun o‘tib esa qo‘shni qishloqdagi boshqa maktabda 60 nafar, asosan, qizlar zaharlangani haqida xabarlar tarqalgan. Ushbu holatdan so‘ng tergov boshlangan. Rahmoniy bu borada politsiya bilan bevosita gaplashganini aytgan.

Ammo hozircha rasmiylar jinoyatchi va jinoyat motivini topmagan.

“Ertalab maktabga kelgan o‘quvchilar to‘satdan boshi aylanib, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishini his qilgan”, deydi Rahmoniy.

Uning qayd etishicha, maktab o‘quvchilari mahalliy shifoxonaga yotqizilgan, ammo ahvoli og‘irroq bo‘lgan 14 kishi viloyat markazidagi shifoxonaga yetkazilgan.

Sari-Pul shifoxonasi doktori ham CNN'ga ba’zi qizlar shifoxonaga yotqizilganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, Eronda 2022 yilda minglab o‘quvchi qizlar gazdan zaharlangani aytilgandi. Eron Sog‘liqni saqlash vaziri so‘nggi oylarda turli maktablarda o‘qiyotgan qizlar zaharli hujumga uchraganini tasdiqlagan. Ba’zi siyosatchilar esa holat qizlarning ta’lim olishiga qarshi bo‘lgan diniy guruhlar tomonidan uyushtirilganini taxmin qilgan. Shundan so‘ng ushbu ishda gumonlanib 100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston zaharlanish o'quvchi qizlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing