Afg‘onistonda 12 yoshli qiz otib o‘ldirildi
Olam
−
23 Sentabr 2023
13836Afg‘onistonning Parvon viloyatida 12 yoshli qiz noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda “8 sabah” nashri xabar berdi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, voqea yarim tunda Parvon viloyati markaziga yaqin Xalaziy qishlog‘ida sodir bo‘lgan. O‘smir qiz noma’lum shaxslar kelganini bilib, uyining tomiga ko‘tarilayotganda unga qarata o‘q uzilgan.
“Yarim tunda Xalaziydagi uyning tomiga tosh otilgan. Bundan oila a’zolari uyg‘onib ketgan. Ularning 12 yoshli qizi chaqirilmagan mehmonlar kimligini bilish uchun tomga ko‘tarilgan. Lekin noma’lum shaxslar ov quroli bilan qizni otib o‘ldirishgan”, deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.
Manbalarga ko‘ra, oila a’zolarning hech kim bilan dushmanligi bo‘lmagan. Hozircha qotillikning sababi va aybdorlari ma’lum emas. “Tolibon” ham bu voqeaga izoh bermagan.
“So‘nggi vaqtlarda Parvon viloyatining turli hududlarida qurolli o‘g‘irlik va sirli qotilliklar ko‘payib bormoqda. Avvalroq, manbalar qurolli qaroqchilar toliblar nomi va harbiy texnikasidan foydalangan holda turar-joylarga kirib, o‘g‘irlik qila boshlaganini tasdiqlagandi”, deb yozilgan xabarda.
LiveBarchasi