Afg‘onistonda hokimiyat “Tolibon”ga o‘tadi. Bu qachon va qanday yuz berishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
15 avgust 2021
22610Ayni vaqtda “Tolibon” harakati delegatsiyasi Qobuldagi Prezident saroyida hukumat vakillari bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda “Al-Arabiya” telekanali xabar berdi.
Qobuldan kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, hokimiyatni topshirish bugun, 15 avgustda yuz berishi mumkin. Bundan tashqari, Prezident devonining xabar berishicha, Ashraf G‘ani AQSH va NATOning maxsus vakillari bilan joriy holat yuzasidan maslahat suhbatini olib bormoqda.
Turli xabarlarga ko‘ra, “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy idorasi rahbari mulla Abdul G‘ani Barodar ayni vaqtda mamlakat poytaxti Qobulda bo‘lib turibdi va katta ehtimol bilan aynan, u hokimiyatni egallaydi.
Foto: Abdul G‘ani Barodar
Avvalroq, Afg‘oniston Ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Sattor “TOLO News” telekanali efirida “Qobulga hujum qilinmasligi, hokimiyat tinch yo‘l bilan topshirilishini” ma’lum qilgandi. Shuningdek, Abdul Sattor Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining tez orada iste’foga chiqishini e’lon qilgan.
Foto: Abdul Sattor
O‘z navbatida, toliblar banklar va davlat muassasalarini odatdagidek ishlashga, aholini esa xavfsizlik nuqtai nazaridan uylarini tark etmaslikka chaqirgan. “Tolibon” hech kimdan qasos olmasligini va hozirgi Qobul ma’muriyati davrida xizmat qilgan barcha harbiylar hamda amaldorlar kechirilishini va’da qilgan.
LiveBarchasi