Afg‘oniston: juma namozidagi portlashda necha kishi o‘lgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 8 oktyabr kuni Afg‘onistonning Qunduz viloyatida joylashgan shialar masjididagi portlash oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasidagi manbasiga tayanib, xabar berdi

“Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 46 kishi halok bo‘lgan, 143 kishi jarohatlangan”, deyiladi xabarda.

Bunga qadar OAVda ushbu portlash oqibatida 100 dan ortiq odam qurbon bo‘lgani hamda 20 ga yaqin kishi yaralangani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Qayd etilishicha, qurbonlar sonining bunchalik ko‘pligi portlash aynan juma nomozi vaqtida sodir etilgani bilan bog‘liq. Hudkush-terrorchi masjid ichida portlovchi moslamani faollashtirgan.

“Tolibon” harakati vakili Zabihulla Mujohidga ko‘ra, portlash joyiga maxsus kuchlar yetib kelgan va tergov davom etmoqda. 

“Tolibon” portlash “Xuroson islom davlati” guruhi tomonidan uyushtirilgan, degan ayblovni ilgari surdi. O‘z navbatida, ISHIDning bir qismi hisoblangan ushbu guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ushbu portlashni terrorchilik harakati deb baholab, keskin qoraladi hamda halok bo‘lgan va jarohatlanganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

332

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing