Afg‘oniston “O‘zbekiston temir yo‘llari” bilan $18 mlnlik kelishuvni to‘xtatishi haqidagi xabarlarga izoh berildi

Jamiyat

image

Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi (Afghanistan Railways Authority – ARA) mamlakat temir yo‘l stansiyalarini boshqarish bo‘yicha O‘zbekiston kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilmoqchi emas. Bu haqda ARA rahbari Baxt-u-Rahmon Sharafat “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiylari bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 12-14 aprel kunlari Termizda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Afg‘oniston tomoni “So‘g‘diyona-Trans” SHK (“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJga qarashli)ning “Hayraton – Mozori Sharif” temiryo‘l liniyasining ekspluatatsiyasi bo‘yicha 2021 yildan buyon amalga oshirib kelayotgan ishlaridan to‘liq mamnunligini bildirgan.

Afg‘oniston delegatsiyasi infratuzilmani, ayniqsa, temir yo‘l loyihalarini amalga oshirish muhimligini alohida ta’kidladi, chunki bugungi kunda Afg‘onistonning hamkorlikni rivojlantirish vektorlaridan biri Markaziy Osiyoning Janubiy Osiyo bilan integratsiyalashuvi loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdorlik hisoblanadi.

Shu munosabat bilan “Mozori Sharif-Qobul-Peshovar temir yo‘li qurilishi” loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish masalasi muzokaralarning alohida nuqtasi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, afg‘on nashrlari ARA rahbari Baxt-u-Rahmon Sharafatga tayanib, Afg‘oniston mamlakatdagi temir yo‘l stansiyalarini boshqarish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini qaytadan ko‘rib chiqishi haqida xabar tarqatgandi. O‘zbek kompaniyasi tomonidan boshqarilayotgan “Hayraton” stansiyasi bo‘yicha 18 mln dollarlik kelishuv ham qayta ko‘rilishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

933

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing