Afg‘oniston “Tolibon”ning Toshkentga tashrifiga e’tiroz bildirdi

Olam

image

Avvalroq, “Tolibon” harakatining Qatar poytaxti Doha shahridagi rahbarlari delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurgani, ular bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov muzokara o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Afg‘oniston tomoni “Tolibon” yetakchilarining Toshkentga tashrifi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

“Afg‘oniston xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni, xususan, qo‘shni davlatlarning Afg‘onistondagi tinchlik jarayonidagi hamkorligini doimo qo‘llab-quvvatlagan. O‘zbekiston Respublikasi do‘st va qo‘shni mamlakat sifatida bu borada tayyorligini bildirdi.

Biroq, “Tolibon” harakati vakillarining rasmiy qabuli va muzokaralar dinamikasi O‘zbekiston Respublikasi Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati va “Tolibon” harakati vakillari o‘rtasida olib borilayotgan tinchlik muzokaralarida birdamligini ko‘rsatmaydi.

Biz barcha davlatlarni, ayniqsa qo‘shnilarimizni, tinchlik jarayonida Afg‘oniston Islom Respublikasi xalqi, Hukumati va rahbariyatini hurmat qilishga chaqiramiz”, deyiladi Afg‘oniston TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv davomida Afg‘onistonda mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida tinch siyosiy jarayonni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston Tolibon

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing