Afg‘oniston “spetsnazi” tarqatib yuborildi

Olam

image

Kecha, 16 avgust kuni Afg‘oniston milliy armiyasining maxsus topshiriqlar bo‘linmasi (spetsnaz) tarqatib yuborilganligi e’lon qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Afg‘oniston maxsus kuchlari oxirgi vaqtgacha hech qanday mas’uliyatsizlik qilishmadi, ular hurmatli rahbariyat afg‘on xalqining hayotini saqlash uchun nimani lozim topsa, qo‘ldan kelgancha bajardi”, deyiladi elita bo‘linma murojaatida.

Afg‘oniston milliy armiyasining maxsus topshiriqlar bo‘linmasining qayd etilishicha, bo‘linmaning barcha xodimlari ishdan bo‘shatildi va bo‘linma tarqatib yuborildi.

Avvalroq, Afg‘oniston sharqidagi Xost viloyatini mudofaa qilish uchun AQSH tomonidan tuzilgan maxsus bo‘linma – Khost Protection Force (KPF) “Tolibon” jangarilariga taslim bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

729

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing