Afg‘oniston-Pokiston chegarasida to‘qnashuv bo‘ldi – OAV
Olam
−
20 fevral 2023
6937Bugun, 20 fevral kuni Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi Torxam nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida qurolli to‘qnashuv bo‘ldi. Bu haqda mavhalliy nashrga tayanib, TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan “Tolibon” harakati vakillari va Pokiston chegarachilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar erta tongda boshlangan va hozirgacha davom etmoqda. Mojaro sabablari hozircha noma’lum.
O‘z navbatida, Pokistondagi OAV bugungi to‘qnashuvlar afg‘on tomoni tashabbusi bilan boshlanganini xabar qilgan. Qurbonlar haqida esa hozircha ma’lumot berilmagan.
Kecha, 19 fevral kuni Afg‘onistonning “ToloNews” telekanali Tolibon Pokiston tomoni o‘z majburiyatlarini bajarmagani sababli Torxam nazorat-o‘tkazish punkti orqali harakatni to‘xtatishga qaror qilgani haqida xabar bergan. Biroq Tolibon vakillari gap qanday majburiyatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi