Afg‘oniston Xitoyning megaloyihasiga qo‘shilmoqchi

Olam

image

Afg‘oniston hukumati raisi o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar Xitoyning Qobuldagi elchisi Van Yuya bilan uchrashuvda Pekin Afg‘onistonni “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusiga jalb qilishini so‘radi. Bu haqda Barodarning Twitter'dagi sahifasida keltirilgan.

Xitoy diplomatik missiyasi rahbari bilan uchrashuvda “Tolibon” hukumati raisi o‘rinbosari Xitoydan Afg‘onistonni “Bir makon, bir yo‘l” loyihasiga kiritishni so‘radi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tomonlar Afg‘oniston va Xitoy o‘rtasida kelishilgan yirik iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni muhokama qilgan. Ammo Barodarning bayonotida qaysi loyihalar haqida gap ketganiga aniqlik kiritilmagan.

“Xitoy va Afg‘oniston tarixiy munosabatlarga ega, Afg‘oniston Islom Amirligi (“Tolibon” mamlakatni shunday nomlaydi) bu munosabatlarni davom ettirishni istaydi”, deydi Barodar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumatining Afg‘oniston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishidan yangi afg‘on rasmiylari ham manfaatdor.

Barodarning hisobotiga ko‘ra, Pekin yaqin orada Xitoy tashabbusi bilan amalga oshirilgan loyihalar, shuningdek, Jahon banki yoki Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilgan, ammo tugallanmagan boshqa yirik loyihalar bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash niyatini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing