Afg‘oniston “kelgindilar” uchun yopilmoqda. Toliblar Dohadagi kelishuvni bajarishga chaqirdi

Olam

image

2020 yil fevral oyida Qatar poytaxti Dohada tuzilgan kelishuvga muvofiq, barcha xorij harbiy xizmatchilari o‘z vaqtida Afg‘onistonni tark etishlari kerak. Bu haqda “Tolibon” harakatining rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid ijtimoiy tarmoqlarda yozgan

Unga ko‘ra, agar Dohadagi AQSH va Tolibon o‘rtasida erishilgan kelishuvning barcha bandlari bajarilsa, boshqa masalalarning hammasi hal qilinadi, ammo kelishuv buzilgan va o‘z vaqtida qo‘shinlarni olib chiqish rad etilgan taqdirda, vaziyat faqatgina yomonlashadi.

“Vaziyat uchun javobgarlikni shartnomalar shartlarini buzganlar o‘z zimmasiga oladi”, deydi Mujohid.

Qatardagi “Tolibon” siyosiy byurosining vakili Naim Vardak, o‘z navbatida, Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarning chiqarilishi ta’minlanmaguncha, Tolibon hech qanday konferensiyalarda qatnashmasligini ma’lum qildi.

Avvalroq, ismi sir qolishini so‘ragan AQSHning yuqori lavozimli mulozimi jurnalistlarga vaziyatni sinchkovlik bilan tahlil qilib, Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishga va nihoyat, AQSHning Afg‘onistondagi urushini tugatishga qaror qilganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishini ma’lum qilgandi.

Uning ortidan Buyuk Britaniya ham Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi haqida xabar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

339

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing